Farg'ona shahrida o'smirlar o'rtasida Respublika ochiq futbol musobaqasi bo'lib o'tdi

Aslanov Jasurbek
10 noya 2021
Umumiy o'rta talim maktablarining kuzgi tatil davrida o'quvchi yoshlarning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5-9 noyabr kunlari Farg'ona shahrida “Do'stlik kubogi” Respublika ochiq futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqa Farg'ona viloyati futbol associaciyasi hamda Farg'ona shahar 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi bilan xamkorlikda o'tkazildi.

“Do'stlik kubogi” futbol musobaqasi  2006-2007 va 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida tashkil etilib, unda ikki yosh toifasida jami 40 ta jamoa (720 nafar ishtirokchi) qatnashdi.

Musobaqa yakuniga natijalar quyidagicha ko'rinish oldi:

(2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida)

1-o'rin. “Do'stlik” (Marg'ilon shahri).

2-o'rin. “Chust-Paxtakor” (Namangan viloyati)

3-o'rin. Ahmadxon” (Qo'qon shahri)

3-o'rin. “Sparta” (Toshkent shahri)

(2006-2007 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida)

1-o'rin. “Bunyodkor V” (Toshkent shahri)

2-o'rin. “Bunyodkor S” (Toshkent shahri)

3-o'rin. “Farovon” (Toshkent shahri)

3-o'rin. “Chirchiq OZK” (Toshkent viloyati)

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindor jamoalarga Farg'ona shahar 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi nomidan diplom, medal va maxsus kubok topshirildi. Shuningdek ishtirokchilar orasidan turli nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi va eng yaxshi deb topilgan o'smir futbolchilar xomiylar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirandilar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia