Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi mavsumoldi taqdimot marosimi o'tkazdi GALEREYA

Mirjalol Normatov
1 iyun 2023
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida xududlarda yoshlarni sportga keng ko'lamda jalb etish, xususan futbol sport turining ommaviyligini oshirish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Yana bir necha kunlardan so'ng, aniqrog'i 3-iyun sanasidan Farg'onada futbol bo'yicha viloyat birinchiligi - Ikkinchi liga bahslariga start beriladi. Shu munosabat bilan bugun mazkur chempionat ishtirokchisi - Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi mavsumoldi rasmiy taqdimot marosimini o'tkazdi.

Taqdimot marosimida Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov, universitetning "Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Ikromjon Yuldashev, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev va bir qator mutasaddi rahbar-xodimlar ishtirok etdilar. Joriy mavsumda o'z oldiga Ikkinchi liga g'olibligini maqsad qilib qo'ygan universitet jamoasining mavsumoldi taqdimot marosimi ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Marosim davomida so'zga chiqqanlar "FarDU" futbol klubiga mavsum davomida omad va g'alabali onlar yor bo'lishini, yakunda jamoaning viloyat birinchiligida g'olib bo'lgan xolda Birinchi liga musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kiritishlariga tilak bildirdilar.

Bekzod Tolibov, Farg'ona shahridan Championat.asia uchun maxsus





Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia