Farg'ona davlat universiteti jamoasi Pro-Liga klublariga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2019, 11:17
"Universiada-2019" musobaqalariga tayyorgarlik ko'rayotgan Farg'ona davlat universitetining "FarDU" jamoasi yangi haftada Pro-Liga klublari bilan nazorat-sinov uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Dastlab 5-mart kuni soat 11:00da Farg'ona shahridagi "Istiqlol" majmuasining sun'iy qoplamali maydonida "Neftchi" (U-21) jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi tashkil etilsa, 7-mart kuni soat 11:00da Yozyovon tumanidagi "Markaziy" o'yingohda "Yozyovon-Lochinlari" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi. Farg'ona davlat universitetining "FarDU" jamoasi barcha futbol muxlislarini mazkur bellashuvlarga chorlab qoladi.

Bekzod Tolibov tayyorladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia