"FarDU" ikkinchi davrada Superliganing bir nechta futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Khoja
28 iyul 2025, 09:20
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "FarDU" tarkibni kuchaytirishni reja qilgan.

Akobir Qayumov ("Xorazm" darvozabon), Bekjon Jo'raboev ("Qo'qon-1912" yarim himoyachi), Xusayn Ergashboev ("Buxoro" hujumkor yarim himoyachi) - "FarDU"ning yozgi transfer siyosati short-listidan o'rin olgan futbolchilar. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, ushbu futbolchilar ikkinchi davrani Proliga jamoasida o'tkazishadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia