Faqatgina 3 murabbiy Pepning "Siti"sini "Etixad"da ikki xil klub bilan mag'lub qila olgan

Mirjalol Normatov
24 avg 2025
Kecha "Tottenxem" APLning 2-turi doirasida "Manchester Siti" maydonida 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Qayd etish kerak, faqatgina uch murabbiy Pep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti"ni APL doirasida ikki xil klub bilan mag'lub qila olgan, shu jumladan Tomas Frank ham. Bunga qadar daniyalik murabbiy bu ishni "Brentford" bilan amalga oshirgan.

Bunga qadar Antonio Konte ("Tottenxem" va "Chelsi") hamda Joze Mourinyu ("Manchester Yunayted" va "Tottenxem") ushbu natijaga erishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka