Falkaoning "Manchester Siti"ga qarshi o'ynashi so'roq ostida
Tolibjon Qosimov
15 mar 2017, 20:24
"Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim jamoa hujumchisi Radamel Falkaoning YCHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida ekanligini aytib o'tdi.
"Hozir Falkao o'zini yaxshi his qilayapti, lekin u birinchi daqiqadan o'ynay olishini bilmayman. Qarorni o'yinga yaqin qabul qilamiz", - deydi Jardim.