Fakt! Shukurullaev ishlagan o'yinlarda "Paxtakor" umuman yutqazmagan

Narzulla Saydullayev
26 avg 2022
Coca Cola Superliganing 17-turidan o'rin olgan markaziy bahs "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvini Akobirxo'ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishlari ma'lum qilindi.

Akobirxo'ja Shukurullaev 1994 yil 18 oktyabr kuni Toshkent shahrida tug'ilgan.

2018 yil Superliga bosh hakam sifatida debyut qilgan Shukurullaev hozirga qadar 55ta o'yinni boshqarib borgan:

2018 - 5ta
2019 - 7ta
2020 - 13ta
2021 - 19ta
2022 - 11ta...




Shukurullaev Superligada "Navbahor" ishtirokidagi 9ta o'yinda bosh hakam bo'lgan. "Lochinlar" 5 marta g'alaba qozonishgan, bir marta durang o'ynashgan va 3 bor yutqazishgan.

U "Paxtakor"ning ham 9ta uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlagan. "Sherlar"ning natijasi 8ta g'alaba va 1ta durang.

Yodingizda bo'lsa, bu jamoalar o'rtasida birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda ham aynan Akobirxo'ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar ishlashgandi. O'sha bahsda Dragan Cheranning yagona goli "sherlar"ga g'alaba keltirgandi - 1:0.  



"Navbahor" va "Paxtakor" o'rtasidagi bahs 28 avgust, yakshanba kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Narzulla tayyorladi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia