FAKT! "Qizilqum" joriy mavsum o'z maydonida bir marotaba g'alaba qozongan

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2021
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bugun Superliganing 11-turida o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Ushbu bahs mezbonlar uchun uydagi ettinchisi hisoblanadi.  "Qizilqum" o'z maydonida o'tgan so'nggi beshta uchrashuvda g'alaba qozona olmagan. Umuman Hamid Aktamov shogirdlari faqat 1-turda "Andijon"ni mag'lubiyatga uchrata olishgan. 

"Qizilqum"ning joriy yilda uydagi natijalariga e'tibor qaratamiz. 

1-tur.  "Qizilqum" - "Andijon" 1-0

3-tur. "Qizilqum"  -  "So'g'diyona" 1-1

5-tur. "Qizilqum"  -  "Nasaf" 1-2

7-tur. "Qizilqum"  -  "Navbahor" 1-1

9-tur. "Qizilqum"  - "Paxtakor" 0-1

10-tur. "Qizilqum"  -  "Surxon" 1-1

Bugun mezbonlar beshta o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham bera oladimi?


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia