

METALLURG – LOKOMOTIV
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR hakami: Rahimbek Karimov
VAR assistent: Aleksandr Sidorov
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

E'tiborli jihati, Toshkent klubi Bekobod klubi ustidan 3 yildan beri zafar qucha bilmayapti. Jamoalar o'rtasida O'zbekiston chempionatida doirasida o'tkazilgan so'nggi 5 o'yinning 2 tasida "Metallurg"ning qo'li baland kelgan, 3 durang.
12.05.2019 "Metallurg" 0:0 "Lokomotiv"
15.09.2019 "Lokomotiv" 1:1 "Metallurg"
15.06.2020 "Lokomotiv" 0:3 "Metallurg"
25.09.2020 "Metallurg" 2:2 "Lokomotiv"
11.05.2021 "Lokomotiv" 1:3 "Metallurg"

Ma'lumot uchun, "temiryo'lchilar" Bekobod klubini so'nggi bor 2018 yilning 31 oktyabrida mag'lub qilgan. O'sha bahs taqdirini Anzur Ismoilovning yagona goli hal qilgan edi.


