

Qatar klubi 2021 yilda barcha musobaqalarda 14ta rasmiy uchrashuv o'tkazdi va 3tagina g'alabaga erishdi.
Qatar Yulduzlar ligasi doirasida "Al Xaritiyat" va "Al Xor"ni mag'lub etgan klub Qatar Shaxzodasi kubogi doirasida "Al Shxanex"ni penaltilar seriyasida dog'da qoldirdi.
"Al Garafa" so'nggi g'alabasini 8 mart kuni "Al Xor" ustidan qo'lga kiritgan. Shundan keyin 4ta uchrashuv o'tkazdi va 4ta mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Mana shu 4ta bahsda AGMK bo'lajak raqibi bittagina gol urdi xolos.
Eslatib o'tamiz, "Al Garafa" - AGMK uchrashuvi 7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:20da boshlanadi.
Al Garafa - AGMK uchrashuvini iroqlik hakamlar guruhi boshqaradi



