Fabricio Romano: Erik Ten Xag - "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi!

Оқил Абдубарноев
18 apr 2022
Futbol olamidagi mashhur insayder Fabricio Romano Erik Ten Xagning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlanganini ma'lum qildi.

Romanoning qayd etishicha, muzokaralar deyarli hal bo'lgan, faqatgina "Manchester Yunayted" va "Ayaks" 2 mln evroga teng bo'lishi kutilayotgan tovon pulini muhokama qilishmoqda.

Ma'lum qilinishicha, MYU va ten Xag o'rtasidagi kelishuv to'rt yilga mo'ljallangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano