

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klublar kelishuvga erishishdi va kerakli hujjatlarni imzolash qoldi. Unga ko'ra, o'yinchining narxi 2,7–3,7 million evroni tashkil etadi.
28 yoshli niderlandiyalik yaqin vaqtlarda tibbiy tekshiruvdan o'tish uchun Madridga yo'l oladi. Futbolchi shundan so'ng 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Depay joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" safida La Liga va Chempionlar ligasida uchta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.



