Fabricio Romano: "Atletiko" Chalxanogluga qiziqmoqda. Ammo, asosiy maqsad - de Paul

Alisher
14 iyun 2021, 10:40
"Atletiko" yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun o'yinchilar izlashda davom etmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Udineze" o'yinchisi Rodrigo de Paul asosiy maqsad, ammo short-listdan "Milan" o'yinchisi Xakan Chalxanoglu ham o'rin olgan.

Turkiyalik futbolchining shartnomasi tez orada yakuniga etadi, ammo yangi shartnoma borasida "rossonerilar" bilan kelishuvga erishib bo'lmayapti. Ammo, "Milan" o'yinchi bilan shartnoma imzolanishiga ishonmoqda.

Chalxanoglu o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano