Fabregas Italiyaning 2-ligasida 6-o'rinda borayotgan "Komo"ga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Sesk iyuldan beri yoshlar jamoasini boshqarmoqda

Narzulla Saydullayev
13 noya 2023, 01:31
Fransesk Fabregas "Komo"ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi.

Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, klub rahbariyati "Askoli" (1:0)ga qarshi 11 noyabrdagi o'yinda g'alabaga erishilganiga qaramay Moreno Longni iste'foga chiqarishga qaror qilgan.

Bo'shab qolgan joyni esa yozdan beri "Komo"ning yoshlar jamoasini boshqarayotgan Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi egallaydi.

Fabregas italyan klubida 2022/23 yilgi mavsumda o'ynagan.

Jamoa ayni damda 12ta o'yinda 21 ochko jamg'argan holda Italiyaning ikkinchi ligasida 6-o'rinda bormoqda. "Komo" o'tgan mavsumda 13-o'rinni egallagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com