Fabio Kapello: "Milan" - o'ta passiv jamoa, hujumchilar himoyaga yordam bermayapti"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026
Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello "Milan"ning joriy mavsumdagi o'yini va jamoadagi kamchiliklar haqida gapirdi.

22-turdan so'ng "rossoneri" A Seriya jadvalida 2-o'rinda borayotgan bo'lsa-da, ekspert jamoada jiddiy muammolar bor deb hisoblaydi.

"Shaxsan men o'ta passiv jamoani ko'ryapman. "Milan"ning eng katta kamchiligi shundaki, hujum chizig'i darajasi yomon emas, lekin himoyalanish kerak bo'lganda hujumchilar jamoaga umuman yordam berishmayapti.

Leau va Nkunku buni qilishmaydi, shuningdek, Pulishich va Fyullkrug ham ortga qaytishda faol emas. Shunchaki to'pni olib qo'yishimiz bilan yana hujum boshlaymiz deb umid qilib o'tirish yaramaydi.

Jamoaga aniq bitta himoyachi va o'yin taqdirini hal qila oladigan, zaxiradan tushib bo'lsa ham tempni o'zgartiradigan futbolchi etishmayapti. Bu jamoa hali shakllanish bosqichida. Ular kuchli to'rtlikka kirib, Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishlari shart, garchi hamma ularni ancha yuqori o'rinlarni egallaydi deb hisoblayotgan bo'lsa-da", - dedi Kapello.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia