Fabino: "Braziliyaning Amerika kubogi-2019 musobaqasida qatnashadigan tarkibiga kiritilmaganimga juda ham hayron qolganim yo'q"

Aslanov Jasurbek
31 may 2019, 21:40
"Liverpul" yarim himoyachisi Fabino Braziliya termasiga chaqiruv olmagani haqida fikr bildirdi.

"E'lon qilingan tarkib ro'yxatini umid bilan qarab chiqdim. Yarim himoyachilar chidan o'zimni topa olmadim va bunga ko'p ham ajablanganim yo'q.

Qarorni murabbiy qabul qiladi. Tite yarim himoyachilar orasida yaxshi variantlarga ega ekanligini aytgandi. Chindan ham unda juda yaxshi variantlar bor. U tanlashi kerak edi va kimdir ushbu tarkibdan tushib qolardi. O'sha kimdirlar ichida men ham borman", - deydi Fabino.

Amerika kubogi-2019. Braziliya termasining tarkibi ma'lum! 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: torcedores.com