

Oldinroq, FA stadionni "Fulxem" egasi hisoblangan Shohid Xonga sotishi borasida kelishuvga erishgani e'lon qilingan edi. Pokistonlik milliarder arena uchun 667 mln evro to'lashi kerak edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Fulxem" sport direktorining sobiq yordamchisi Kreyg Klayn FAga Xonning firibgarliklari haqida aytib bergan. Klaynning ma'lum qilishicha, unda korrupsiya bo'yicha dalil bor. Klaynning murojaatidan so'ng, FA tekshiruv boshladi va "Uembli" stadioni sotuvini kechiktirdi.



