FA JCH-2018ga boykotni quvvatlaydi va turnirda vakillari sonini kamaytiradi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2018
Angliya futbol associaciyasi yozda Rossiyada o'tadigan jahon chempionatiga boykot e'lon qilgan Angliya hukumati qarorini qo'llab-quvvatladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, avvaliga futbol rahbariyati turnirga tashrif buyurmoqchi edi, ammo Buyuk Britaniya va Rossiya o'rtasidagi siyosiy holat tufayli munidalga boradigan vakillar sonini maksimal darajada qisqartirish qarori qabul qilindi. Natijada Rossiyaga eng muhim futbol mansabdor shaxslari yo'l oladi. Bu qaror Angliya terma jamoasining guruh bosqichidagi faqat ikkita o'yiniga tegishli. Belgiya bilan bo'ladigan uchinchi tur o'yinida FA ko'proq vakil yuborish niyatida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail