Yevropa Superkubogi. "Manchester Siti" penaltilar seriyasida zafar quchib, sovrin egasiga aylandi

Administrator
17 avg 2023
UEFA Superkubogi uchun bahsda "Sevilya" va "Man Siti" maydonga tushishdi.

"Manchester Siti" – "Sevilya" 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasida - 5:4

"Georgios Karaiskakis"

Gollar: 0:1 – 25 En-Nesiri, 1:1 – 63 Palmer.

"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Ake, Akandji, Gvardiol, Kovachich, Rodri, Foden, Grilish, Palmer (Alvares, 85), Xoland.

"Sevilya" – Bunu, Navas (Montel, 83), Bade, Gudel, Akunya, Rakitich, Lamela (Suso, 90), Okampos, Oliver Torres (Xuanlu Sanches, 74), Jordan, En-Nesiri (Rafa Mir, 90).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.


Shunday qilib, "Manchester Siti" o'z tarixida birinchi marta Yevropa Superkubogi sohibiga aylandi. Bu Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi 7, faoliyatidagi esa 36-sovrini hisoblanadi. Xosep Gvardiola Yevropa Superkubogini uchta klub bilan yutgan tarixdagi birinchi murabbiyga aylandi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia