

“Yuventus” va “Ayntraxt” o'rtasida esa muzokaralar davom etmoqda. Nemis klubi jamoa yetakchisini 20 mln evroga baholamoqda.
29 yoshli Kostich o'tgan mavsum frankfurtliklar libosida 42 bahsda qatnashib, 7+15 natija ko'rsatdi. U Yevropa Ligasi 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi nomiga ham sazovor bo'ldi.



