Yevropa Ligasi. Shomurodov va "Roma" "Portu"ga qarshi - pley-off bosqichiga qur'a tashlandi

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2025
Non shahrida Yevropa Ligasi pley-off bosqich qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a marosimi UEFAning qarorgohida bo'lib o'tdi.

Qur'a natijalariga ko'ra, quyidagicha juftliklar hosil bo'ldi:

"Tvente" – "Bude-Glimt" (g'olib "Olimpiakos" yoki "Reyndjers" bilan ro'baro keladi);

"Fenerbaxche" – "Anderlext" (g'olib "Olimpiakos" yoki "Reyndjers" bilan ro'baro keladi);

"Yunion" – "Ayaks" (g'olib "Lion" yoki "Ayntraxt" bilan ro'baro keladi);

PAOK – FKSB (g'olib "Lion" yoki "Ayntraxt" bilan ro'baro keladi);

AZ – "Galatasaroy" (g'olib "Manchester Yunayted" yoki "Tottenxem" bilan ro'baro keladi);

"Midtyulland" – "Real Sosedad" (g'olib "Manchester Yunayted" yoki "Tottenxem" bilan ro'baro keladi);

"Ferencvarosh" – "Viktoriya" Plzen (g'olib "Lacio" yoki "Atletik" bilan ro'baro keladi);

"Portu" – "Roma" (g'olib "Lacio" yoki "Atletik" bilan ro'baro keladi).

Eslatib o'tamiz, dastlabki bellashuvlar 13 fevral, javob bahslari esa – 20 fevralda bo'ladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia