Yevropa Ligasi. “Lester” ishtirokidagi uchrashuvni ayol hakam boshqaradi

Eldor Akmurzayev
20 okt 2020, 21:35
Yevropa Ligasi 2020/21 yilgi mavsum ilk turi doirasida “Lester” 22 oktyabr kuni o'z maydonida “Zarya”ni qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvni Stefani Frappar boshchiligidagi franciyalik hakamlar brigadasi boshqaradi. Unga qanotlarda Siril Myune va Benjamen Pajes ko'maklashadi, zaxira arbitri esa Joan Amel bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Frappar 2019 yil Yevropa Superkubogini boshqarib, evrokubok o'yinida ishlagan tarixdagi ilk ayol hakamga aylangandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA