Yevropa ligasi. “D” guruhi. “Milan” safarda yirik g'alabaga erishdi, AEK Xorvatiyadan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi

Yevropa ligasining 1-turida “Milan” safarda “Austriya” mehmoni bo'lib, maydon egalari darvozasiga beshta gol urishga erishdi.

Uchrashuvda Andre Silva xet trikka erishgan bo'lsa, Hoqon Chalxano'g'li bitta gol urish bilan birga bir golga assistentlik qildi. Milanliklarning yana bir goliga Suso mualliflik qilgan bo'lsa, mezbonlardan Aleksandar Borkovich muvaffaqiyat qozondi.

Guruhning ikkinchi bahsida Gretsiyaning AEK klubi Xorvatiyada “Rieka” mehmoni bo'ldi va Mantalos hamda Xristodulopulosning gollari evaziga uyiga uch ochko bilan qaytdi.

Yevropa ligasi.  “D” guruhi. 1- tur.

“Austriya” - “Milan”  1:5

Gollar: 0:1 – Chalxanoglu – 7, 0:2 – Silva – 10, 0:3 – Silva – 20, 1:3 – Borkovich – 47, 1:4 – Silva – 56, 1:5 – Suso – 63.

Austriya – Xadjikich, Klyayn, Muhammad, Vestermann (Borkovich, 42; Gluxakovich, 86), Marchinko, Zerbest, Xolcxauzer, Prokop, Li Chjin Xen (De Paula, 74), Pires, Monshayn.

Milan –Donnarumma, Sapata, Bonuchchi, Romanoli (Musakko, 74), Bonaventura, Suso, Abate, Kessie, Bigliya, Chalxanoglu, Antonelli, Andre Silva, Kalinich.

Ogohlantirish: Kessie (37), Muhammad (58).


“Rieka” –AEK 1:2

 Gollar: 0:1 – Mantalos – 16, 1:1 – Elez – 29, 1:2 – Xristodulopulos – 62



Manba: championat.asia