Yevropa ligasi. Bugun qur'a: "Liverpul" Ozarbayjonga kelishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 fev 2024, 13:12
Bugun Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

16ta klub juftliklarga ajratiladi. "Saralangan" klublar guruh bosqichida 1-o'rinni olganlar, "saralanmagan" klublar esa o'tish bosqichida g'olib bo'lganlar.

Bitta davlat klublari bu bosqichda to'qnash kelishmaydi.

Saralanganlar

Atalanta (Italiya)
Bayer (Germaniya)
Brayton (Angliya)
Vest Xem (Angliya)
Vilyarreal (Ispaniya)
Liverpul (Angliya)
Reyndjers (Shotlandiya)
Slaviya Praga (Chexiya)

Saralanmagan

Benfika (Portugaliya)
Qorabog' (Ozarbayjon)
Milan (Italiya)
Marsel (Fransiya)
Roma (Italiya)
Sparta Praga (Chexiya)
Sporting (Portugaliya)
Frayburg (Germaniya)

Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Birinchi o'yinlar 7 mart kuni, javob o'yinlari 14 mart kuni bo'lib o'tadi. "Saralangan" klublar javob bahsini o'z maydonida o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia