Yevropa grandlari "Atletiko" yarim himoyachisi uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
15 may 2019
"Atletiko" yarim himoyachisi, Rodri nomi bilan mashhur bo'lgan Rodrigo Ernandes bir nechta grand e'tiboriga tushdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga "Manchester Siti", "Barselona" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Ko'k-anorranglilar Rodrini Serxio Buskets o'rniga olib kelmoqchi, myunxenliklar esa yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirib olmoqchi.

Rodri 2018 yilning yozida "Vilyarreal"dan "Atletiko"ga 20 mln. evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsum yarim himoyachi LaLiganing 33ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Larguero