Yevropa chempionatiga qadar Germaniya termasi boshqaruvi Kloppga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 sen 2023
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya termasi bosh murabbiyligi uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.

Evro-2024 arafasida Germaniya terma jamoasi Xans-Diter Flik qo'l ostida qoniqarsiz o'yin va natijalar qayd etmoqda. Shu sababli murabbiyning terma boshqaruvidagi kelajagi so'roq ostida turibdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Germaniya termasi rahbariyati Yevropa chempionatiga qadar bosh murabbiylikka Yurgen Kloppni olib kelishni istamoqda. Biroq uning termada ish boshlashi ehtimoli juda past baholanyapti.

Kloppning "Liverpul" bilan kelishuvi 2026 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild