Evro-2024. Rodri – eng yaxshi futbolchi, Yamal – eng yaxshi yosh o'yinchi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2024
Ispaniya terma jamoasining ikki futbolchisi Evro-2024 sovrinlarini qo'lga kiritdi.

Rodri Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U 1 ta gol urdi va 92,84 foiz aniqlikda pas berdi.

Eng yaxshi yosh futbolchi deb 17 yoshli Lamin Yamal topildi – u 1 ta to'p va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com