

15 iyunga belgilangan uchrashuvlardan F guruhidagi terma jamoalar ishtirokidagi o'yinlar o'rin olgan edi. Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlangan uchrashuvda Portugaliya - Vengriya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.
Musobaqaning sobiq chempioni sifatida mazkur turnirga yetib kelgan Portugaliya termasi ushbu o'yinda favoritlardan biri edi. O'yinning dastlabki daqiqalari ham portugallarning ustunligi bilan boshlandi. 5-daqiqada Diego Jota Vengriya darvozasiga zarba yo'lladi. Gulachi ushbu vaziyatda seyv qilib, jamoasining joniga oro kirdi. 19-daqiqada Ronaldu havodan kelayotgan to'pni bir urinishda darvozaga yo'lladi. Darvozabon Gulachi yana qutqardi. 40-daqiqada yana o'sha Gulachi katta sahnaga chiqdi. Vengriya posboni Jotaning zarbasini qaytarishga erishdi. 43-daqiqada Krishtianu Ronaldu gol urishga juda yaqin kelgan edi. Uning 3 metrdan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.
1-bo'lim 0:0 hisobi bilan o'z nihoyasiga etdi.
O'yinning ikkinchi qismi ham Portugaliyaning ustunligi hamda Gulachining seyvlari bilan boshlandi. 48-daqiqada Pepening bosh bilan burchakka yo'naltirgan zarbasini Vengriya posboni bartaraf etdi. Mazkur bahsda birinchi Portugaliya darvozasi ishg'ol qilindi. Ammo vengriyaliklarning kiritgan goli offsaydan urilgan ma'lum bo'ldi. 84-daqiqada Gafael Gerreyruning bergan zarbasi rekoshetga uchrab darvoza to'pidan joy oldi. Oradan 2 daqiqa o'tar-o'tmas Vengriya darvozasi tomon penalti qo'yildi. Ushbu vaziyatdan Krishtianu Ronaldu unumli foydalandi - 0:2.

90+3 daqiqada yana Ronaldu gol urib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi. Portugaliya so'nggi daqiqada urilgan gollar evaziga 3 ochko egasiga aylandi.
Statistik ma'lumotlar:
- Krishtianu Ronaldu Portulagiya terma jamoasi safida jami urgan gollari soni 106 taga etdi. U eronlik Ali Daiga yetishiga yana 3 ta gol kerak;
- Pepe 38 yosh-u 109 kunligida maydonga tugib Portugaliya terma jamoasida Yevropa chempionatida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi;
- Vengriya terma jamoasi Yevropa chempionatida so'nggi 9 o'yindan atigi ikkitasida g'alaba qozongan;
- Portugaliya terma jamoasi Vengriyaga qarshi 14 o'yindan birortasida ham yutqazmagan (10 g'alaba, 4 durang);
- Portugaliyaning Vengriya bilan o'yinda asosiy tarkibda tushgan 11 futbolchidan oltitasi Evro-2016 g'olibi bo'lgan;
- Rafael Gereyruning goli Portugaliyaning Yevropa chempionatlaridan 50-goli bo'ldi.
F guruhining ikkinchi uchrashuvi nafaqat kunning, balki guruh bosqichining markaziy uchrashuv - Germaniya hamda Fransiya terma jamoalari o'rtasida kechdi.
Dastlabki daqiqalardanoq ikki jamoa ham tashabbusni o'z qo'liga olishga harakat qila boshlashdi. Nemislar himoyada juda qattiq (jestkiy) o'yin ko'rsatib, fransiyalik raqiblarini cho'chitishga urinishgan bo'lsa, fransiyaliklar kombinaciyalar bilan oldinga o'tishga intilishdi. Uchrashuvdagi hisobni esa Fransiya terma jamoasi germaniyalik futbolchining golidan keyin ochdi. O'ng qanotdan boshlangan hujumni Pogba qarama-qarshi qanotga ko'chirdi, Lyuka Ernandes esa bor kuchi bilan to'pni markaziy hududga yo'lladi, Xummels esa to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi.
Goldan so'ng har ikki terma jamoa ham hujumlar uyushtirib turishdi. Nemislar bir necha bor jarima zarbalarini ko'kka sovurishdi. Shu tariqa 1-bo'lim yakunlandi.
O'yinning ikkinchi qismi ham ikki terma jamoaning hujumlari bilan boshlandi. 52-daqiqada Raboning chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib bergan zarbasini Noyer qaytara olmadi, ammo to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi. Oradan 2 daqiqa o'tiyu Gnabrida yaxshi imkoniyat hosil bo'ldi. Qanotdan uzatilgan ideal pasdan so'ng Serj to'pni darvozaga yo'llashga urindi, ammo zarbadan so'ng to'p darvozaning biroz yuqorisidan o'tib ketdi.

66-daqiqada Killian Mbappe Germaniya darvozasini ishg'ol qildi. Ammo yakunda mazkur gol offsayddan urilgani ma'lum bo'ldi va hisobga olinmadi. 85-daqiqada yana bir bor Noyer darvozasi ishg'ol qilindi. Ammo keyinroq Karim Benzemaning urgan goli ham offsayddan urilgani ma'lum bo'ldi. Shu tariqa Fransiya g'alaba qozonib 3 ochkoga ega chiqdi.
Statistik ma'lumotlar:
- Fransiya Germaniyaga qarshi so'nggi 6 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi;
- Fransiya so'nggi 5 o'yinda gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi;
- Germaniya o'tgan Yevropa chempionatining guruh bosqichida gol o'tkazmagan edi.
Mazkur guruhda 2-tur o'yinlari 19 iyun kuni bo'lib o'tadi. Soat 18:00 da Vengriya - Fransiya uchrashuvi start olsa, 21:00 da Portugaliya - Germaniya terma jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.
Evro-2020. 1-turdan keyin “A” guruhidagi holat
Evro-2020. 1-turdan keyin “B” guruhidagi holat
Evro-2020. 1-turdan keyin “C” guruhidagi holat
Evro-2020. 1-turdan keyin “D” guruhidagi holat



