Evro-2020 g'olibi "Atletiko"ga ikkinchi darvozabon sifatida o'tishi mumkin

Alisher
14 iyul 2021
"Torino" darvozaboni Salvatore Sirigu faoliyatini ispan top-klubida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 34 yoshli darvozabonning xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

Madridliklar Sirigu bilan yozgi transfer oynasi so'nggiga qadar shartnoma imzolashmoqchi. Salvatore "matraschilar" tarkibida Yan Oblakdan so'ng jamoada ikkinchi darvozabon sifatida ko'rilmoqda.

Posbon o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, ularning 7tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira