Evro-2020 chiptasini naqd qilgan yana bir terma jamoaning nomi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
14 okt 2019, 01:55
Biroz oldin, Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Polsha hamda Shimoliy Makedoniya o'rtasidagi bahs o'z yakuniga etdi.

Unda mezbonlar 2:0 natijasi bilan zafar quchib, Yevropa chempionati yo'llanmasiga muddatidan oldin ega chiqishdi. Polshaliklar G guruhida 19 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilishmoqda.

Shuningdek, bugun Rossiya termasi, avvalroq esa Belgiya hamda Italiya vakillari kvalifikaciya raundini ijobiy hal etishgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia