

Fransiyada o'tgan 2016 yilgi Yevropa chempionati bahslarini tomosha qilgan umumiy muxlislar auditoriyasi salkam 5 millard kishini tashkil etadi. Bu haqda UEFAning hisobotida ma'lum qilingan.
Musobaqaning 51 ta uchrashuvini teleekran qarshisida 2 milliard kishi kuzatib borgan. Portugaliya va Fransiya terma jamoalari o'rtasida kechgan final bahsini esa 600 million muxlis tomosha qilgan. Avvalgi yillarga qaraganda bu yilgi birinchilikning final qismida ishtirok etuvchi terma jamoalar soni 8 taga oshirilganligi (umumiy soni 24 ta) bois qo'shimcha 20 ta bahs o'tkazilib, tomoshabinlarning umumiy auditoriyasi soni 1,1 milliard kishiga ortgan.
Bundan tashqari Xitoy va Braziliyadagi katta teleauditoriya yakuniy ko'rsatkichlarning oshishiga sabab bo'lgan.
UEFA televizion huquqni 130 ta kompaniyaga sotish orqali 1 milliarda evrodan oshiq mablag' ishlab topgan.



