"Everton" va "Valensiya" Brozovichga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015
Zagrebning "Dinamo" klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi "Everton"ga o'tishi mumkin.

Ingliz klubi rahbariyati futbolchi uchun 5 mln evro to'lashga tayyor. Hozircha zagrebliklar bu taklifga javob berishgani yo'q. Shu bilan birga, Brozovichga "Valensiya" ham davogar.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Milan" futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib, "Dinamo"ga 7 mln evro taklif qilgan, ammo xorvatiyaliklar bunga ko'nishmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com