"Everton" Ukraina terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 dek 2021, 21:20
Ukraina termasi hamda "Dinamo" Kiev chap qanot himoyachisi Vitaliy Mikolenko yaqin orada jamoasini o'zgartiradi.

Xabarlarga qaraganda, ukrainalik Angliyaning "Everton" klubiga o'tishga yaqin. 22 yoshli o'yinchining kievliklar bilan kelishuvi 2025 yilning sentyabrigacha tuzilgan.

Avvalroq Italiya OAV Mikolenkoga "Jenoa" tomonidan qiziqish mavjudligi haqida bong urgandi.

Vitaliya joriy mavsumda UPLda 15 o'yinda 3 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: football.ua