"Dinamo" futbolchisi "Everton"ga o'tdi

Alisher
1 yanv 2021
Kievning "Dinamo" jamoasi himoyachisi Vitaliy Mikolenko faoliyatini "Everton"da davom ettiradi.

"Dinamo" "Everton" bilan "oq-ko'klar" himoyachisi Vitaliy Mikolenkoning transferi borasida kelishuvga erishdi. Barchasi uchun rahmat va uning Angliya Premer-ligasidagi kelgusi faoliyatida omad qilaymiz", - deyiladi "Dinamo" xabarida.

Mikolenko 2021/22 yilgi mavsum Kiev jamoasi tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 17 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: fcdynamo.com