“Everton” – “Tottenxem”. Bugungi o'yin oldidan "Angliya futboli" storisidagi so'rovnoma natijalari

Eldor Akmurzayev
10 fev 2021, 21:45
Angliya Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan markaziy bahs Londonda “Everton” hamda “Tottenxem” o'rtasida bo'lib o'tadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11 fevralga o'tar kechasi soat 01:15 da start oladi.

Joze Mourinyu va Karlo Anchelotti o'rtasidagi navbatdagi qarama-qarshilik oldidan "Angliya futboli" storisida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, biroz ustunlik “shporlar”ga berilgan – 58 foiz.

Ma'lumot o'rnida, jamoalar o'rtasidagi so'nggi 6 bahsning uchtasida “Tottenxem”ning qo'li baland kelgan. 2 o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, so'nggi uchrashuvda mersisaydliklarzafar quchgan.

“Tumanli Albion”ga aloqador qiziqarli xabarlar Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasida! Obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia