"Everton" himoyachisi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 mar 2017
"Everton"ning argentinalik himoyachisi Ramiro Xose Funes Mori Boliviyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida jiddiy jarohat oldi.

Tibbiy tekshiruv natijasida Morining tizzasida shikastlanish borligi aniqlandi. Boliviyaga qarshi o'yinning (0:2) 36-daqiqasida himoyachi maydonni tark etdi.

26 yoshli futbolchi kelasi haftada operaciya qilinadi va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com