

Manbaning xabariga ko'ra, "Liverpul" klubi rahbariyati 22 yoshli yarim himoyachi uchun londonliklarga 40 million evro taklif qilgan.
Gallaxerning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali angliyalik futbolchini 32 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi London klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Gallaxer joriy mavsum “Chelsi” safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



