"Everton": "Adolatsiz qaror. APLning boshqa klublarga chiqargan qarorlarini ham ko'rib chiqamiz"

Mirjalol Normatov
17 noya 2023
"Everton" matbuot xizmati jamoaning APLda 10 ochkosi olingani haqidagi xabarga bayonotini e'lon qildi.

"APLning qaroridan shokdamiz va xafa bo'ldik. Bizga adolatsiz va noproporcional qaror chiqarildi. Bunga arz qilamiz.

"Everton" moliyaviy hisobotlarni topshirishda o'zining ochiqligini va shaffofligini namoyish qilib bergandi.

Klub o'z g'oyalaridan chekinmaydi va APLning shunday holat bo'yicha boshqa klublarga chiqargan qarorlarini ham ko'rib chiqadi", - deb yoziladi bayonotda.

Eslatib o'tamiz, 10 ochkosi olib tashlangan "Everton" ayni damda APL turnir jadvalida 19-o'ringa tushib ketdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: evertonfc.com