Ever Banega “Sevilya”ga qaytib keldi

Aziz Tukhtamuradov
28 iyun 2017, 09:15
Italiyaning “Inter” jamoasida to'p tepgan yarim himoyachi Ever Banegani Ispaniyaning “Sevilya” klubi sotib oldi.

“Sevilya” futbolchi bilan uch yillik bitim imzoladi, deya xabar bermoqda Ispaniya klubining rasmiy sayti. Hozircha transfer narxi e'lon qilingani yo'q. 2016 yili Banega “Sevilya” jamoasini erkin agent sifatida tark etgan va “Inter” klubiga borib qo'shilgan. 28 yoshli futbolchi “Inter” safida 33 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg'ol qilgan va jamoadoshlariga 8ta golli uzatma oshirgan.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: footballhd.ru