Eusebio Di Franchesko: Yana gol urishimiz mumkin edi, buning o'rniga hakamlar bilan tortishib vaqt yo'qotdik

Narzulla Saydullayev
3 may 2018
Roma ustozi Eusebio Di Franchesko Liverpulga qarshi o'yindan so'ng (4:2) o'z futbolchilarini hakam bilan tortishishga vaqt yo'qotmaslikka chaqirdi.

Afsus, biz o'z kuchimizga ko'proq ishonishimiz kerak, biz yana gol urishimiz, Liverpulga ko'proq bosim qilishimiz mumkin edi.  

Liverpulni ikkinchi taymda rosa qiynadik, ikkinchi bo'lim deyarli ideal o'ynadik.  

G'azab va afsusdaman: sababi yana gol urishning o'rniga vaqtni hakamlar bilan tortishgan holda yo'qotdik, – deydi murabbiy.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net