Eto’Oning sobiq xotini: "Samyuel aslida 35 emas, 39 yoshda"

"Chelsi" hujumchisi Samyuel Eto’Oning sobiq turmush o'rtog'i Anna Baranka kamerunlik futbolchining asl yoshi haqida gapirib o'tdi.
"Adashmasam, Samyuelning yoshi 35 emas. U ayni vaqtda 39 yoshga to'lgan. U 1974 yilda tug'ilgan, shundoq ekan u 39ga to'lgan bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, u Yevropaga kelgan vaqtida ko'rsatilgan yoshidan ancha kattaroq bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Eto’Oning xujjatlarda keltirilgan ma'lumotlar bo'yicha yoshi 32da. 


Manba: sports.ru