"Esxata" ustozi Shuhrat Umarov: "Shackixga omad, OCHLda "Andijon"ga muxlislik qilamiz"

Iskandarov Abdulaziz
19 iyul 2025
"Andijon" jamoasi Tojikistondagi yig'in doirasida ilk nazorat uchrashuvida "Esxata"ga qarshi maydonga tushdi.

"Andijon" – "Esxata" (4:2) bellashuvidan so'ng “Andijon” matbuot xizmati raqib jamoa bosh murabbiyi Shuhrat Umarovdan o'yin haqidagi fikrlarini so'radi.

“Biz uchun ham yig'indagi birinchi o'yin bo'ldi. O'yin yaxshi o'tdi. "Andijon" ajoyib jamoa. Keyingi o'yinlarida omad tilayman, ayniqsa, Osiyo Chempionlar ligasi 2 turnirida. Guruh bahslarida qatnashadi va jamoaga muxlislik qilamiz. Sababi qo'shnilarmiz. Shuningdek, bosh murabbiy Maksim Shackixga ham ishlarida omad tilayman.

Qiziqarli o'yin bo'lib o'tdi. Jamoamiz yig'inida bir qator yoshlar ham bor. Ularni yig'inda sinab ko'rmoqdamiz. Uchrashuv davomida ikkita vaziyatda gol ura olmadik, raqib esa imkoniyatlaridan foydalandi. Yana ishlashda davom etamiz, jamoangizga omad tilayman”, – dedi "Esxata" bosh murabbiyi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати