

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Turkiya Superligasining "Xatayspor" klubi tojikistonlik futbolchi uchun ma'lum miqdorda pul taklif qilgan. "Navbahor" klubi esa Panshanbe bundan anchagina qimmat turishini ma'lum qilgan va transfer uchun 10 baravar ko'proq so'ragan. "Lochinlar" so'ragan pul uning transfermarkt portalidagi narxidan anchagina kam. Muzokaralar davom etmoqda.
Ma'lumot uchun, transfermarkt portali Ehsoni Panshanbeni 550 ming evroga baholagan. Futbolchining "Navbahor" bilan 2022 yil oxirigacha shartnomasi mavjud.




