

Ertaga va indinga so'nggi 6-tur bahslari o'tkaziladi. O'tgan turda Filippinning "Yunayted Siti" klubi Xitoyning "Beyjing Goan" klubiga qarshi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. E'tiborlisi ushbu bahsda "Yunayted Siti" zaxirasida oldingi turlarda bo'lgani kabi 10 emas 5 nafar futbolchi bor edi.
"Yunayted Siti" - "Kavasaki Frontale" uchrashuvi qaydnomasi:
"Beyjing Goan" - "Yunayted Siti" uchrashuvi qaydnomasi:

Bugungi o'yinoldi matbuot anjumaniga "Yunayted Siti" klubi bosh murabbiyi ham, futbolchisi ham tashrif buyurmadi. OFK Filippin klubiga reglamentda belgilanganidek jarima soladi.
Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Yunayted Siti" klubi a'zolari koronavirus bilan kasallanishgan. Bu haqda OFK ham, boshqa tashkilotlar ham xabar berishmagan. Eslatib o'tamiz, "Yunayted Siti" ertaga Janubiy Koreyaning "Tegu" klubiga qarshi o'yinni o'tkazishi lozim. Biroq mazkur bahs o'tadimi yoki yo'q hozircha noma'lum.




