Eshitdik-da! Temurxo'ja Abduxoliqov 4 yoki 5 o'yinga chetlatiladi

Sherzod Nurmatov
4 okt 2022
Kuni kecha Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Metallurg" (0:1) bahsi bo'lib o'tdi.

Mazkur bahsning 90+5-daqiqasida "Qizilqum" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov to'pni tepish ilinjida katta tezlikda yugurib kelib, oyoq bilan "Metallurg" darvozaboni Akmal Ortiqovning elka qismiga zarba berib yubordi hamda hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Abduxoliqov bu harakati uchun 4 yoki 5 o'yinga diskvalifikaciya qilinadi.



31 yoshli forvard joriy mavsum Coca Cola Superligasi 20 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia