

Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, hujumchi "Surxon" bilan kelishib qo'ygan bo'lgan. Biroq klub rahbariyatidagi o'zgarishlar sababli u boshqa jamoaga o'tishni maqul ko'rmoqda. Ayni paytlarda u "Navbahor" bilan muzokaralar olib bormoqda.
O'tgan mavsumda 31 yoshli forvard chempionatning 23 o'yinida 13 gol va 3 assist qayd etdi. Eslatib o'tamiz, "Navbahor" kelasi mavsumda OCHL saralash bosqichida ishtirok etadi.



