Eshitdik-da. Sergey Lebedov “Neftchi”ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2015
O'z vaqtining etuk himoyachilaridan biri bo'lgan afsonaviy futbolchi Sergey Lebedov o'zi uchun qadrdon bo'lib qolgan “Neftchi” murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ammo olingan so'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Sergey Elferatovich jamoa bilan xayrlashgan. Futbolchilik davrining asosiy qismini aynan “Neftchi”da o'tkazgan Lebedov Rossiyaga ketgan. U yana ortga qaytadimi yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia