Eshitdik-da! "Qizilqum"ning bir qator xodimlari yangi shartnoma tuzishdan bosh tortishmoqda

Narzulla Saydullayev
2 mar 2022
Xabaringiz bor, mavsumlar oralig'ida “Qizilqum” futbol klubi o'z tarkibini bir qator yetakchi futbolchilari bilan kuchaytirib, yangi mavsumda niyati jiddiy ekanligini ma'lum qilgandi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, yangi mavsum boshlanishiga bir necha kun qolgan bo'lishiga qaramay jamoaning bir qator xodimlari klub bilan shartnomalarni uzaytirishmagan. Klubning yangi rahbariyati garchi klub moliyaviy jihatdan yaxshi homiyga ega bo'lgan bo'lishiga qaramay, xodimlarga o'tgan yilgidan ham kamroq maosh taklif etgan. Bu esa ko'pchilik xodimlarning noroziligiga sabab bo'lgan va ular jamoa bilan shartnoma tuzishdan bosh tortishgan.

Jamoaga yangidan qo'shilgan legioner futbolchilar va murabbiylar shtabi yaxshigina mablag' evaziga klub sharafini himoya qilishga bel bog'lagani barchaga ma'lum. Ammo bir necha yillardan buyon klubda faoliyat yurtib kelayotgan mutaxassislarga yangi rahbariyat nima sababdan bu taxlit shartnoma taklif qilayotgani biroz tushunarsiz bo'lib qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” Superliganing ilk turini ikki kundan so'ng - 4 mart kuni “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazadi.







Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia