Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi Yevropa klubiga o'tishga yaqin. Bu Diyor Xolmatov emas

Narzulla Saydullayev
7 fev 2024, 19:00
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Aziz Turg'unboev legionerga aylanmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Osiyo kubogi qahramonlaridan biri Aziz Turg'unboevga Turkiyaning "Sivasspor" klubi jiddiy qiziqib qolgan. Futbolchi erkin agent maqomida Turkiya Superligasiga ko'chib o'tishga yaqin.  

Ma'lumot uchun, "Sivasspor" 1967 yilda tashkil etilgan va uy o'yinlarini 27532 tomoshabinga mo'ljallangan "Sivas 4 Eylül Stadium" stadionida o'tkazib keladi. Jamoani ayni paytda mahalliy murabbiy Bulent Uygun boshqarmoqda. "Sivasspor" ayni paytda Turkiya Superligasida 24ta turdan so'ng 30 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasida bormoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia