

24 yoshli markaziy hujumchining oxirgi jamoasi Angliyaning "Blekpul" klubi hisoblanadi.
Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, erkin agentga aylangan futbolchi ertaga Istanbuldan yetib keladi hamda "sherlar" bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, forvardning agentligi "Unique Sports Group" bevosita Ris Jeyms, Aaron Uan-Bissaka, Xakan Chalxanoglu, Matias Ginter kabi taniqli o'yinchilar bilan hamkorlik qiladi.



